O‘zbekistonlik Bekzod Qurbonov Chexiyadagi nufuzli musobaqada shohsupaga ko‘tarildi

11:16 28 Iyul 2023 Sport
381 0

Konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Chexiyada start olgan CSOI 4* tasnifidagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida ma’lum qilgan edik. Ahamiyatlisi, hamyurtlarimiz ilk kunning o‘zidayoq shohsupaga ko‘tarilishdi.

140 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz Bekzod Qurbonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Yurtdoshimiz belgilangan to‘siqlardan oshib o‘tish uchun 68.18 soniya sarfladi. Bellashuv davomida sportchimizga “Santos Hippica” laqabli tulpori hamrohlik qildi.

CSOI 4* Gold Tour, 140 sm:
1. Linda Portichova (Chexiya, “Lara” laqabli tulporda)
2. Gabor Szabo (Vengriya, “H-Secret By Boris”)
3. Bekzod Qurbonov (O‘zbekiston, “Santos Hippica”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?