Oʻzbekistonlik 26 yoshli sportchi YTH qurboni boʻldi

Futzal boʻyicha OKMK futzal jamoasining 26 yoshli oʻyinchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etdi.
Manbaning tasdiqlashicha, futzalchi 2021-yil 27-fevral, shanba kuni Andijondan Toshkentga Matiz avtomashinasida yoʻlovchi sifatida qaytayotgan boʻlgan. Qamchiq dovonida esa Matiz, Nexia va Tico avtomobillari yoʻl transport hodisasini vujudga keltirgan. Ushbu toʻqnashuv oqibatida Timur Berdiyev vafot etgan. Ticoʻda boʻlgan bir nafar yoʻlovchi esa tan jarohati olgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha maʼlum emas
Maʼlumot uchun, Timur Berdiyev 1995-yil tavallud topgan. Uning futzaldagi faoliyati havaskorlar ligasida boshlangan va “Ardus”, “Paxtakor” va OKMK futbol klublari safida toʻp surgan. Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabariga koʻra, Berdiyev 2021-yil qishki transferlar oynasida Bishkekning “Farvater” jamoasiga oʻtishi rejalashtirilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring