Oʻzbekistoning JCH-2022 saralashi doirasidagi qoldirilgan oʻyinlari qachon oʻtkazilishi maʼlum boʻldi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining JCH-2022 saralashidan oʻrin olgan, Sovid-19 sababli qoldirilgan oʻyinlari qaysi muddatda boʻlib oʻtishi maʼlum boʻldi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.
Unga koʻra, shu yil 31-mart kuni oʻtishi kerak boʻlgan va koronavirus sabab qoldirilgan Yamanga qarshi safardagi oʻyin 13-oktyabr kuni oʻtkaziladi. Oʻyinning qaysi stadionda oʻtishi Yaman futbol federatsiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Singapurga qarshi 4-iyun kuniga belgilangan oʻyin esa 12-noyabrga koʻchirilgan. Mazkur oʻyin Oʻzbekistonda oʻtkaziladi.
9-iyun kuni oʻtkazilishi kerak boʻlgan Saudiya Arabistoniga qarshi mehmondagi oʻyin esa 17-noyabr kuni safarda oʻtkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, Qatarda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha navbatdagi jahon chempionati 2022-yil 21-noyabr - 18-dekabr kunlari oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring