Oʻzbekistonga oʻzbek-xitoy vaksinasining 500 ming dozasi olib kelindi

10:36 19 May 2021 Jamiyat
253 0

Bugun 3-bosqich sinovlari mamlakatimizda oʻtkazilgan, oʻzbek-xitoy olimlari hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 500 ming dozasi yurtimizga olib kelindi.

Kecha ushbu vaksinadan 1 million doza keltirilib, emlash jarayonlarida foydalanilayotgan ZF-UZ-VAC2001 miqdori 3 million dozaga yetgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 1-apreldan 18-maygacha boʻlgan muddatda mamlakatimizda jami 1 412 312 doza vaksinadan foydalanildi.

Ulardan 1-bosqichda emlanganlar 1125995 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 286317 nafarni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?