Oʻzbekistonga yana 200 ming doza yangi turdagi vaksina keltirildi

19:45 10 Dekabr 2021 Jamiyat
714 0

Yurtimizda koronavirucga qarshi qoʻllanilayotgan vaksinalar turi yettitaga yetdi. Yaʼni bugun Rossiyadan mamlakatimizga 200 000 doza Sputnik Light vaksinasi keltirildi.

Sputnik Light bir komponentli vaksina boʻlib, u bilan toʻliq emlanish uchun bir dozasini olish kifoya. Eslatib oʻtamiz, yurtimizga avvalroq ushbu vaksinaning 7 500 dozasi olib kelingan edi.

Shunday qilib, Oʻzbekistonda foydalanilayotgan vaksina 48 036 368 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

— 2 404 480 dozasi AstraZeneca;

— 36 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;

— 1 341 790 dozasi “Sputnik V”;

— 3 000 060 dozasi Moderna;

— 2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;

— 1 976 000 dozasi Sinovac;

— 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan 35 610 274 dozasi emlash jarayonlarida qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?