Oʻzbekistonga yana 1 mln doza oʻzbek-xitoy vaksinasi olib kelindi

08:21 06 Avgust 2021 Jamiyat
253 0

Shu kungacha yuritimizga mazkur vaksinaning 8,5 mln dozasi olib kelingan edi.

6-avgust kuni yana 1 million dozasi keltirilib, jami olib kelingan dozalar soni 10,5 mln.ga yetadi.

29-iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrifi chogʻida “Jurabek Laboratories” MCHJ qoʻshma korxonasida “COVID-19” ga qarshi vaksina ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish asnosida Oʻzbekistonga yana 17,9 mln doza vaksina yetib kelishi kutilayotgani haqida xabar berildi:

  • Moderna — 3 mln doza;
  • Pfizer/Bio N Tech — 1,2 mln doza;
  • ZF-UZ-VAC-2001 — 12 mln doza
  • Sputnik V — 1,7 mln doza.

Demak, bugungi va ertangi partiyalarni hisobga olsak, Oʻzbekistonga yana 10 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?