Oʻzbekistonga qariyb 2 mln. doza Pfizer vaksinasi keltirildi

16:42 04 Iyul 2022 Jamiyat
654 0

COVAX dasturi doirasida Oʻzbekistonga 1 999 530 doza Pfizer-BioNTech vaksinasi olib kelindi.

Shunday qilib, yurtimizga olib kelingan va oʻzimizda ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 71 750 853 dozani tashkil qilmoqda.

Ularning qariyb 23 million dozasi COVAX dasturi doirasida taqdim etilgan vaksinalardir.

Shu kunga qadar jami 59 351 963 doza vaksina qoʻllanilgan boʻlib, hozirda 12 million 200 ming dozadan ortiq vaksina zaxirasi mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?