Oʻzbekistonga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish tartibi qanday?

16:25 07 Aprel 2021 Iqtisodiyot
554 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Oʻzbekistonga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish tartibi haqida maʼlumot berdi.

Xorijiy fuqaroga Oʻzbekistonda mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasini olish (uzaytirish) uchun Davlat xizmatlari markazlariga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati:

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 4-ilovasiga muvofiq ariza;

Nizomning 1-ilovasiga muvofiq chet el fuqarosi anketasi;

pasport nusxasi;

kirish vizasi nusxasi;

3x4 sm. hajmli fotosurat;

chet ellik xodimni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari toʻgʻrisida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi koʻrsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasining loyihasi;

Nizomning 2-ilovasiga muvofiq rahbar majburiyatlari;

Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalari tomonidan OIV infeksiyasi yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikat;

Arizani koʻrib chiqish uchun Davlat xizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida yigʻimlar toʻlanganligi haqida bank hujjati (toʻlov topshiriqnomasi).

Tasdiqnoma berish toʻgʻrisida xabar kelgandan keyin 5 ish kunida ruxsatnoma berganlik uchun eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida yigʻim Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining bank hisobvaragʻiga amalga oshiradi (toʻlov topshiriqnomasi).

Yuqori malakali va malakali xorijiy mutaxassislarga mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasini olish (uzaytirish) uchun Davlat xizmatlari markazlariga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati:

Nizomning 1-ilovasiga muvofiq chet el fuqarosi anketasi;

pasport nusxasi;

kirish vizasi nusxasi;

3x4 sm. hajmli fotosurat;

Chet ellik xodimni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari toʻgʻrisida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi koʻrsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasi loyihasi;

Nizomning 2-ilovasiga (https://lex.uz/docs/4251564#4258569) muvofiq rahbar majburiyatlari;

Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalari tomonidan OIV infeksiyasi yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikat;

chet el fuqarosi malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplom);

ish beruvchi haqida qisqacha maʼlumot;

ish beruvchi pasportining nusxasi;

Arizani koʻrib chiqish uchun Davlat xizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida yigʻimlar toʻlanganligi haqida bank hujjati (toʻlov topshiriqnomasi).

Tasdiqnoma berish toʻgʻrisida xabar kelgandan keyin besh ish kuni ichida ruxsatnoma berganlik uchun eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida yigʻim Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining bank hisobvaragʻiga amalga oshiriladi (toʻlov topshiriqnomasi).

Korxonaga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish ruxsatnomasini olish (uzaytirish):

Prezidentimizning “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni 1-ilovasi 17-bandiga asosan Xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilishga ruxsatnoma olish tartibi bekor qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?