Oʻzbekistonga iyul oyida nechta turist kelgan? Eng koʻp tashrif qaysi davlatdan?

22:25 12 Avgust 2022 Jamiyat
644 0

Foto: Illustrativ surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning iyul oyida 540,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 359,8 ming nafarga yoki 3 baravarga oshgan.

Oʻzbekistonga iyun oyida eng koʻp qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?

 

— Qozogʻiston – 181,8 ming nafar;

— Tojikiston – 143,4 ming nafar;

— Qirgʻiz R. – 126,3 ming nafar;

— Rossiya – 61,6 ming nafar;

— Turkiya – 6,8 ming nafar;

— Koreya – 2,2 ming nafar;

— Germaniya – 1,5 ming nafar;

— AQSH – 1,3 ming nafar;

— Isroil – 1,2 ming nafar;

— Hindiston – 1,1 ming nafar;

— Buyuk Britaniya – 1 ming nafar;

— Belarus R. – 0,9 ming nafar;

— Fransiya – 0,8 ming nafar;

— Italiya – 0,7 ming nafar;

— Ispaniya – 0,4 ming nafar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?