Oʻzbekistonga 8 oyda 1,5 mln. tonna sement import qilingan

10:08 26 Sentyabr 2022 Iqtisodiyot
511 0

Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga qiymati 62,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,5 mln. tonna sement import qilingan.

Sement importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 423 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning 8 oyida oyida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:

Tojikiston – 625 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 458 ming tonna;

Qozogʻiston – 409 ming tonna;

Turkmaniston – 11,5 ming tonna;

Eron – 9,8 ming tonna;

Xitoy – 1,4 ming tonna;

Rossiya – 850 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?