Oʻzbekistondan yuk avtomobillari eksporti 1,5 mln. AQSH dollariga kamaygan

10:27 07 Sentyabr 2021 Iqtisodiyot
292 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 8,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan yuk avtomobillarini eksport qilingan.

Yuk avtomobillari eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 mln. AQSH dollariga kamaygan.

Oʻzbekiston yuk avtomobillarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

Singapur – 4,6 mln.
Qozogʻiston – 1,7 mln.
Qirgʻiz R. – 863,6 ming
Afgʻoniston – 751,8 ming
Ozarbayjon – 172,1 ming
Tojikiston – 135,5 ming AQSH dollari

Eslatib oʻtamiz, 2021-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan 168 810 ta yuk avtomobillari mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?