Oʻzbekistondan qovun eksporti hajmlari jadal oʻsmoqda

16:40 01 Iyul 2021 Iqtisodiyot
382 0

Germaniyaning “Fruchtportal.de” nashri veb-sahifasida ana shunday sarlavha ostidagi maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Nashr “EastFruit” ekspertlarining baholariga tayangan holda Oʻzbekistondan poliz mahsulotlarini eksport qilish mavsumi boshlanganini maʼlum qilar ekan, buning sababi ikki omil bilan, yaʼni ichki bozorda may oyining oxiridan 17-iyungacha ulgurji narxlarning 10 baravar pasayishi hamda oʻtgan haftaning ikkinchi yarmida qovunlarni tashqi bozorlarga yetkazib berish sezilarli darajada faollashgani bilan izohlanishini qalamga olgan.

«Soʻnggi 4-5 kun ichida eksport bozorlariga qovun tashish uchun yuk mashinalariga talablar iyun oyining birinchi yarmidagi koʻrsatkichlardan bir necha marotaba ortib ketgan. «Oʻzbekiston dunyodagi yangi uzilgan qovun eksport qiluvchi oʻnta mamlakat qatoriga kiradi. Respublika, odatda, Rossiyaga, shuningdek, Qozogʻiston va Qirgʻizistonga deyarli barcha qovunlarni eksport qiladi, ammo 2020-yildan boshlab oʻzbek qovunlari yetib boradigan joʻgʻrofiya ancha kengaygan.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari aholisi Oʻzbekistonda yetishtirilgan qovunlarni yaxshi koʻrdi. Xususan, Germaniyaga oʻzbek qovunlari rekord darajada eksport qilindi – bir mavsumda 861 tonna!

Germaniyadan tashqari Yevropa Ittifoqining boshqa qator mamlakatlari ham oʻzbek qovunlarini import qilishni boshladi. Ukraina, Belarus va Moldova ham ushbu shirin poliz mahsuloti importini koʻpaytirdi», - deb yozadi “Fruchtportal.de”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?