Oʻzbekistondagi vazirlik va idoralar xodimlari 24 foizga qisqaradi

Foto: Illustrativ foto
Bugun imzolangan Prezident farmoniga muvofiq, hukumatga boʻysunadigan vazirlik va mustaqil maqomga ega idoralar soni jami 26 ta etib belgilanmoqda (ular tarkibiga kirgan barcha qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar bilan birga jami 69 ta), shu jumladan:
— vazirliklar – 21 ta;
— qoʻmitalar – 12 ta, shundan 2 tasi mustaqil maqomga ega;
— agentliklar – 25 ta, shundan 3 tasi mustaqil maqomga ega;
— inspeksiyalar – 11 ta.
Vazirlik va idoralarda byudjet va nobyudjet mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda (umumiy songa nisbatan 24 foiz). Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari oʻrinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga qisqartirilmoqda.
Vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 573 nafar etib belgilanmoqda. Vazirlik va idoralarning nobyudjet mablagʻlaridan qoʻshimcha boshqaruv shtatlarni kiritish qatʼiy taqiqlanmoqda.
Vazirlarga ularning faoliyatini strategik vazifalarni hal etishga yoʻnaltirish, kunlik ishlar boʻyicha ish yuklamasini kamaytirish maqsadida ular faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahlil jihatdan taʼminlaydigan Vazir kotibiyati tashkil qilishga huquq berilmoqda .
Dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositalari va 10 ta binolar boʻshamoqda. Vazirlik va idoralarda shtatlar sonini qisqartirish hisobiga 1,5 trillion soʻm tejab qolinadi. Xizmat mashinalaridan esa 70 mlrd soʻm tejalishi prognoz qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring