Oʻzbekistondagi tijorat banklari oʻtgan yilda 10 trillion soʻm sof foyda olgan

14:42 02 Fevral 2023 Iqtisodiyot
480 0

Foto: Arxiv surat

Markaziy bank matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 2022-yilda banklar tomonidan aholiga 65,3 trillion soʻm miqdorida yoki 2021-yilga nisbatan 45 foiz ortiq kreditlar ajratilgan. Ushbu kreditlar tarkibida avtokreditlar 10,9 trillion soʻmga, ipoteka kreditlari 10,6 trillion soʻmga va mikroqarzlar 6,2 trillion soʻmga oʻsgan.

Ushbu kreditlarning 68 foizi, yaʼni 137,8 trillion soʻmi korporativ va 32 foizi, yaʼni 65,3 trillion soʻmi aholiga ajratilgan kreditlar hissasiga toʻgʻri keladi. Ajratilgan kreditlarning 31 foizi qisqa muddatli va 69 foizi uzoq muddatli, valyutalar qirqimida esa 65 foiz kreditlar milliy valyutada va 35 foiz xorijiy valyutadagi kreditlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Qoraversa, shu davrda tijorat banklari tomonidan 136 trillion soʻmlik kreditlar soʻndirilgan. Qaytuvchanlik darajasi esa 67 foizni tashkil etgan. Banklarning jami kredit qoʻyilmalari qoldigʻi 2023-yil 1-yanvar holatiga 390 trillion soʻmni tashkil etib, ularning 74 foizi korporativ kreditlar, 26 foizi chakana kreditlar hissasiga toʻgʻri keladi. Jami kredit portfeli qoldigʻi 2021-yilning mos davriga nisbatan 20 foizga yoki 63,7 trillion soʻmga, xususan, korporativ kreditlar 13 foizga yaʼni 32,2 trillion soʻm va aholi kreditlari 45 foizga aniqrogʻi, 31,5 trillion soʻmga oʻsgan.

Yana bir maʼlumot, oʻtgan yil yakuni boʻyicha tijorat banklari 10 trillion soʻm sof foyda olgan. Bunda banklar tomonidan oʻtgan yilning yanvar-dekabr oylari davomida 95 trillion soʻm miqdorida daromadlar olinib, 85 trillion soʻmlik xarajatlar amalga oshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?