Oʻzbekistondagi taʼlim sifatini koʻtaradigan dastur ishlab chiqildi

14:25 13 Sentyabr 2022 Jamiyat
396 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori doirasida 2022-2024-yillarda yoshlarning yangi gʻoyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirishga hukumat darajasida eʼtibor qaratilmoqda.

Bugun shu kabi umidli loyihalardan biri mento.uz platformasi rasman ishga tushdi. Mazkur loyiha dunyoda alternativi yoʻqligi bilan haqiqiy maʼnoda innovatsiondir. Mento oʻn oylik keng qamrovli taʼlim dasturi boʻlib, uning asosiy maqsadi abituriyentlarning OTMga kirish darajasini va Oʻzbekistondagi taʼlim sifatini koʻtarishga qaratilgan.

Ushbu dastur eng yangi texnologiyalarga ega onlayn platformani va oflayn qoʻllab-quvvatlash dasturlarini oʻz ichiga oladi. Mento dunyodagi eng yaxshi taʼlim platformalarini oʻrganish natijasida ularning barcha kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan. U eronlik va oʻzbekistonlik mutaxassislar hamkorligida “neurosciyence”, fanlar va taʼlim texnologiyalari boʻyicha qilayotgan dunyodagi yagona startap jamoasidir.

Shuningdek, Mento dasturining ustunliklaridan biri ota-onalarning farzandlarining taʼlim jarayonini toʻgʻridan-toʻgʻri va maqbul nazorati hisoblanadi. Mento toʻgʻridan-toʻgʻri nazorat degani, har oyda yoki 15 kunlik oraliqda oʻtkaziladigan har bir testdan soʻng ota-onalarga abituriyentning faoliyati va ustozining hisobot taqdim etilishini anglatadi hamda yakunda bolaning faoliyatini yaxshilash boʻyicha takliflar taqdim etiladi.

Taʼlim va “neurosciyence”dan tuzilgan har bir savol Mento dasturida foydalanish uchun sohaning eng malakali mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va sifati tekshirilgan. Kelgusida oʻquvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash, IELTS, TOEFL va GRE imtihonlari uchun abituriyentlarni tayyorlash, dasturlash, dizayn, marketing va boshqa professional koʻnikmalarni oʻrgatish, Oʻzbekistonda strategik sohalarda ixtisoslashtirilgan kadrlar tayyorlash, masalan, turizm industriyasining turli mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, loyihani ishlab chiqish jarayonida AQSH, Xitoy, Janubiy Koreya, kabi dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasi oʻrganilib, ularda yuzaga kelgan muammolar bartaraf etilgan. Hozirda loyiha ustida 13 ta jamoa, jumladan 88 nafar mutaxassis ishlamoqda. Ularning soni kundan kunga ortib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?