Oʻzbekistondagi taʼlim islohotlari xalqaro baholash tizimi — PISA boshqaruv kengashining 55-Kongressida taqdim qilindi

Shu kunlarda Italiyaning Rim shahrida dunyoning 70 dan ortiq mamlakat taʼlim sohasi rahbarlari ishtirokida boʻlib oʻtayotgan tadbirda taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlari boʻyicha yaqin kelajakdagi rejalar muhokama qilinmoqda.
Kongressda ishtirok etgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev Oʻzbekiston uchun xalqaro taʼlim sifatini baholash tadqiqotlarida ishtirok etish ahamiyatiga toʻxtalib, yaqin yillarda taʼlimni transformatsiya qilish boʻyicha mamlakatimizning rejalari bilan oʻrtoqlashdi.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston 2022-yilda ilk bora PISA sinovlarida ishtirok etdi. Mazkur sinov 15 yoshli oʻquvchilar bilimini hayotga qoʻllay olishini baholashga yoʻnaltirilgan boʻlib, natijalar joriy yil yakunida eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring