Oʻzbekistondagi faol yoshlar deputat va senatorlarga biriktiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Forumda Prezident yoshlarni senator va deputatlarga biriktirilishini maʼlum qildi.
«Soʻnggi yillarda yoshlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratmoqdamiz.
Xabaringiz bor, yaqinda taniqli siyosatchi, Parlamentlararo Ittifoqning Bosh kotibi Martin Chungong boshliq rasmiy delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Suhbat chogʻida u kishi bir fikrni afsus bilan taʼkidladi. Yaʼni, sayyoramiz aholisining yarmidan koʻpini 30 yoshgacha boʻlgan insonlar tashkil etsada, butun dunyo boʻyicha yosh deputatlarning ulushi 2,6 foizga ham yetmas ekan.
Oliy martabali mehmon Oʻzbekistonda bu koʻrsatkich 6 foizdan oshganini yuqori baholadi.
Siyosiy yetuk va faol yosh yigit-qizlarimizni milliy parlamentimiz va mahalliy kengashlar faoliyatiga yana-da kengroq jalb etamiz.
Xalq deputatlari kengashlari tavsiyasi asosida yosh, gʻayratli, fidoiy oʻgʻil-qizlarimiz bundan buyon Oliy Majlis deputati va senatorlariga biriktiriladi.
Shu bilan birga mahalliy kengashlarda ham xuddi Senat va Qonunchilik palatasidagi kabi yoshlar parlamenti vakillari maktabi tashkil etiladi», deydi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring