Oʻzbekistondagi 4 ta Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashiga qabul qilindi

12:31 14 Iyul 2022 Jamiyat
609 0

Foto: Illustrativ foto

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) aʼzoligiga qabul qilindi.

Xalqaro maktablar kengashi aʼzosi boʻlish taʼlim muassasasining xalqaro darajada tan olinganligini bildiribgina qolmay, ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi TOP universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyatini oshiradi.

Xalqaro maktablar kengashi aʼzoligiga oʻtish uchun maktablar guruhi sifatida ariza berish tashkilot tarixida ilk bora kuzatilmoqda.

Ayni paytda 2021-yilda oʻz faoliyatini boshlagan 10 ta yangi Prezident maktabi mazkur tashkilot aʼzoligiga oʻtish jarayonida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?