Oʻzbekistonda zoʻravonlik qurboni boʻlgan ayollar soni aniqlandi

10:15 30 Noyabr 2021 Jamiyat
549 0

2021-yilning 10 oyi davomida “Zoʻravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari”ga 7226 nafar fuqaro murojaat qilgan, shundan 4518 tasida turli zoʻravonlik holatlari sodir etilgan, deb xabar beradi AOKA.

Ulardan:

2457 ta ruhiy zoʻravonlik holatlari;

1358 - jismoniy;

37 - jinsiy;

666 - iqtisodiy zoʻravonlik;

Oilaviy nizolar, kelishmovchiliklar va ajrashish masalalari boʻyicha 2 708 ta murojaatlar.

Bezorilik va zoʻravonlikdan aziyat chekkan, oʻz joniga qasd qilishga uringan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyil boʻlgan ayollarga maslahat va shoshilinch psixologik, psixoterapevtik, huquqiy yordam koʻrsatish uchun “1146” telefon raqami kechayu kunduz ishlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?