Oʻzbekistonda joriy yilda qancha paxta hosili yigʻib olindi?

Respublikada joriy yilda 1 mln 34 ming gektar maydonda gʻoʻza parvarish qilinib, 3 mln 82 ming tonna yoki belgilangan yalpi hosilga nisbatan 99,4 foiz paxta xom ashyosi tayyorlandi.
Fargʻona 107,7 %
Xorazmda 106,7 %
Andijonda 106,6 %
Namanganda 105,1%
Toshkentda 104,4 %
Samarqandda 103,6%
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Navoiyda 102,7 %
Jizzaxda 100,7 %
Qashqadaryoda 95,8 %
Sirdaryoda 93,5 %
Buxoroda 89,1 %
Surxondaryoda 82,3 % paxta hosili terib olindi.
Paxta yetishtiruvchi 136 ta tumandan paxta yigʻim-terimini tizimli tashkil etgan 104 tasi, 97 ta paxta-toʻqimachilik klasteridan 78 tasi, 11 ta paxta kooperatsiyasidan 8 tasi hamda 29 ming ta fermer xoʻjaliklaridan 23 ming tasi shartnomani ortigʻi bilan bajardi.
Respublikada har gektar paxta maydonida oʻrtacha hosildorlik 29,8 sentnerni (shartnoma 30,0 s/ga) tashkil qildi.
Joriy yilda faoliyat yuritgan 97 ta paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan 927 ming gektar maydondan 2 mln 794 tonna (30,1 s/ga) va 11 ta kooperatsiyalar tomonidan 106,6 gektar maydondan 288 ming tonna (27,0 s/ga) paxta xomashyosi yetishtirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring