Oʻzbekistonda jami 15 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qoʻllanildi — SSV

10:44 05 Sentyabr 2021 Jamiyat
472 0

4-sentyabrda mamlakatimiz hududlari boʻylab 114 063 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 21 341 nafarni,

2-bosqich emlanganlar 76 487 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 16 235 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 15 004 856 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 9 647 200 nafarni,

2-bosqichda emlanganlar3 963 297 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 1 394 359 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 2 123 460 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

Andijon viloyati (15 130 doza),

Xorazm viloyati (13 767 doza),

Toshkent viloyati (13 344 doza) band qildi.

Jami emlashlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar:

Namangan viloyatida 1 693 972 doza,

Fargʻona viloyatida 1 692 330 doza,

Andijon viloyatida 1 581 744 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?