Oʻzbekistonda jami 14 million dozadan ortiq vaksina qoʻllanildi

14:49 29 Avgust 2021 Jamiyat
1121 0

28-avgustda mamlakatimiz hududlari boʻylab 275 581 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 93 483 nafarni,

2-bosqich emlanganlar 133 759 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 48 339 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 14 027 520 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 9 391 909 nafarni,

2-bosqichda emlanganlar 3 401 179 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 1 234 432 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 1 729 454 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

Samarqand viloyati (51 297 doza),

Andijon viloyati (26 071 doza),

Xorazm viloyati (23 803 doza) band qildi.

Jami emlashlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar:

Fargʻona viloyatida 1 620 500 doza,

Namangan viloyatida 1 609 331 doza,

Andijon viloyatida 1 480 174 doza,

Samarqand viloyatida 1 380 985 doza,

Qashqadaryo viloyatida 1 116 332 doza,

Surxondaryo viloyatida 1 086 647 doza,

Toshkent viloyatida 1 041 190 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?