Oʻzbekistonda yangi jamgʻarma tashkil etiladi

11:40 17 Avgust 2022 Jamiyat
249 0

Foto: Arxiv surat

“Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–353-son, 16.08.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, har bir mahallada Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi tashkil etildi.

Jamgʻarmalar mablagʻlari quyidagilardan shakllantiriladi:

— mahalladagi 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar;

— mahallaning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan mablagʻlar;

— xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;

— mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar;

— jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

— xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning texnik koʻmak mablagʻlari (kredit, grant, begʻaraz yordam va boshqalar).

Mablagʻlar mahalladagi ichki yoʻllar, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimini taʼmirlash va tiklash uchun yoʻnaltiriladi.

2023-yil 1-yanvargacha har bir mahallaning aniq chegaralari belgilanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?