Oʻzbekistonda yangi media-landshaftni rivojlantirish dasturi ishga tushirilmoqda

19:38 13 Dekabr 2023 Jamiyat
284 0

Kecha poytaxtimizda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va YUNESKO bilan hamkorligida, Shveysariya elchixonasi hamda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) koʻmagida amalga oshirilishi maqsad qilingan “Yangi media transformatsiya boʻyicha dastur”ni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda AOKA, xalqaro va mahalliy tashkilotlar rahbarlari hamda masʼul xodimlari, soha ekspertlari va mutaxassislar, OAV va media, shuningdek, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

— Mamlakatimiz media va kommunikatsiyalar sohasida yangi davr boʻsagʻasida turibdi. Bu dastur esa ushbu jarayondagi eng muhim qadamga aylanishi shubhasiz, — deya taʼkidladi AOKA direktori Asadjon Xodjayev oʻzining qutlov nutqida. — Biz axborot oqimlari hayratlanarli tezlikda harakatlanayotgan zamonda yashayapmiz. Yangi media vositalari esa jamoatchilik fikrini shakllantirishda katta rol oʻynaydi. YUNESKO, Shveysariya elchixonasi hamda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi bilan hamkorlik mamlakatimizning media landshaftini rivojlantirish va uni yaxshilash uchun oʻziga xos imkoniyatlarni yaratadi.

Qayd etilishicha, ushbu strategik hamkorlik joriy yil 30-aprelda demokratik islohotlar va fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan yangi Konstitutsiya qabul qilinganidan keyin amalga oshirilmoqda.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada soʻz erkinligini taʼminlash va axborotdan foydalanish bilan bogʻliq davlat siyosati, institutlar va soha faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun samarali va mustahkam mexanizmlarni ishlab chiqish zarurati alohida koʻrsatilgan.

Shu nuqtayi nazardan, 2023-yil 12-oktyabrda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamda YUNESKO Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda umumiy byudjeti 1,6 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi – “Axborotdan foydalanish, institutsional javobgarlik va ommaviy axborot vositalari kompetensiyasini kuchaytirish orqali Oʻzbekiston hukumati va fuqarolarining imkoniyatlarini kengaytirish” deb nomlangan 3 yillik keng qamrovli media dasturini amalga oshirish boʻyicha yangi hamkorlikka kirishdi.

Tashabbus fuqarolarning axborotdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, institutsional masʼuliyatni kuchaytirish va turli sohalarda OAV vakolatlarini yaxshilashga qaratilgan.

Dastur OAV qonunchiligi va axborotdan foydalanish, OAVni rivojlantirish, OAV va axborot savodxonligi singari bir qator yoʻnalishlarni qamrab oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер