Oʻzbekistonda yana havo harorati 44 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

10:35 16 Avgust 2021 Jamiyat
570 0

Oʻtgan dam olish kunlari ob-havo Oʻzbekiston aholisiga soʻnggi oylarda zerikarli boʻlib qolgan issiqdan dam olish imkonini berdi. Gʻarbiy Qozogʻiston hududlaridan salqin havoning kirib kelishi havo haroratini meʼyordan 3-5° ga pasaytirdi.

Kechasi va erta tongda havo 13-16° gacha salqinlashdi, kunduz kunlari esa harorat 29-32° dan yuqoriga koʻtarilmadi, faqat janubiy hududlarning eng chekkasida 32-35° qiymatlariga etdi.

Haftaning boshida salqin ob-havo saqlanib turadi. Bugun kunduz kuni harorat 28-33°, ertaga 30-35° atrofida boʻladi.

Chorshanba kunidan esa salqin havo massasi Oʻzbekiston hududidan chekina boshlaydi va uning oʻrniga Eron hududlaridan nisbatan issiq ob-havo kirib keladi.

Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va haftaning oxiriga kelib, kechalari 18-20° gacha, kunduz kunlari 36-38° gacha koʻtariladi.

Bunday harorat avgust oyining ikkinchi yarmi uchun boʻlgan oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan 2-3° ga yuqori boʻladi. Biroq shuni qayd etish joizki, ushbu davrda Oʻzbekiston hududida eng issiq yillarda harorat 40-41° gacha, janubda esa 42-44° gacha koʻtarilgan. Biz hafta davomida va keyinchalik ham bunday issiqni kutmayapmiz.

Respublika boʻyicha hafta davomida birozdan oʻrtachagacha boʻlgan shamollar bilan quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.

Fargʻona vodiysi viloyatlarining ayrim togʻli hududlarida faqat bugun kechqurun momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?