Oʻzbekistonda yana bir polo klubi tashkil etildi

14:44 11 Iyul 2021 Sport
1829 0

Prezidentimizning 30-iyun kuni Yoshlar forumida soʻzlagan nutqlari va unda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish boʻyicha bergan topshiriqlarining ijrosini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston polo federatsiyasi tomonidan ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Endilikda yurtimizda yosh polochilardan iborat yana bir klub paydo boʻldi va keng ommaga tanishtirildi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Toshkent Xalqaro vestminster universitetida oʻtgan tadbirda ushbu klubning tantanali taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston polo federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev, universitet rektori Bahrom Mirkasimov, Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Faxriddin Davrukov va keng sport jamoatchiligi vakillari ishtirok etishdi.

Marosimda yangi klubning faoliyati qatorida 2000-yildan ziyod tarixga ega qorabayir zotli otlarni koʻpaytirish boʻyicha bir qator istiqbolli rejalar muhokama qilib oʻtildi. Tadbir yakunida yigʻilganlar yangi klub faoliyatiga omad tilab, polo sportining rivojiga oʻzlarining iliq tiliklarini bildirib oʻtishdi. Shuningdek, qorabayir zotli otlar bilan esdalik uchun fotosessiya tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?