Oʻzbekistonda 200 nafarga yaqin fuqaroda koronavirus qayd etilib, yana 1 nafar bemor vafot etdi

10:17 08 Aprel 2021 Jamiyat
307 0

2021-yil 7-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84322 (+195) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

4 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

2 nafari Andijon viloyatida,

9 nafari Buxoro viloyatida,

18 nafari Samarqand viloyatida,

2 nafari Sirdaryo viloyatida,

3 nafari Fargʻona viloyatida,

1 nafari Xorazm viloyatida,

24 nafari Toshkent viloyatida,

132 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Buxoro viloyatida 7 nafar,

Samarqand viloyatida 4 nafar,

Sirdaryo viloyatida 21 nafar,

Toshkent viloyatida 18 nafar,

Toshkent shahrida 129 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 82234 (+179) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 634 nafarga etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1454 nafar bemordan 229 nafari ogʻir, 104 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?