Oʻzbekistonda yana 113 kishida koronavirus aniqlandi

10:03 22 Oktyabr 2020 Jamiyat
181 0

2020-yil 22-oktyabr soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 335 (+119) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
7 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
11 nafari Andijon viloyatida,
11 nafari Jizzax viloyatida,
7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
6 nafari Navoiy viloyatida,
23 nafari Namangan viloyatida,
5 nafari Samarqand viloyatida,
15 nafari Sirdaryo viloyatida,
5 nafari Surxondaryo viloyatida,
15 nafari Fargʻona viloyatida,
14 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 61 423 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 374 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?