Oʻzbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlarga besh nafargacha kishini ishga yollashga ruxsat berildi
Oʻzbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha xodimni yollash imkoniyati berildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Hukumat qarori bilan “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishga qabul qilingan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, avvallari yakka tartibdagi tadbirkorlar 1-3 nafar xodimni ishga olishlari mumkin edi. Nizomga koʻra, yakka tartibdagi tadbirkorlar bank hisob raqamini ochgandan soʻng, xodimni yollash huquqiga ega. Unda xodimni ishga qabul qilishda yozma mehnat shartnomasi tuziladi. Lekin ular mehnat daftarchasini yuritmaydilar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar shartnoma tuzilgan kundan boshlab 3 ish kunidan kechiktirmay oʻz xodimini soliqqa tortish toʻgʻrisidagi arizani soliq organiga taqdim etadilar. Soliq organi 1 ish kuni ichida xodimlarni hisobga olish kartasini taqdim etadi.
Qayd etilishicha, yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir xodimga daromad soligʻi va ijtimoiy soliq toʻlaydi. Faoliyati vaqtincha yoki toʻliq toʻxtatilgan taqdirda soliqni hisoblash soliq organiga yuborilgan xabarnoma asosida toʻxtatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring