Oʻzbekistonda virusli gepatitni bartaraf etish boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan xalqaro mutaxassislar ishtirokida “Oʻzbekistonda kuzgi gepatologiya maktabi” nomli ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilmoqda.
Unda qayd etilganidek, virusli gepatitning asosan 6 ta — A, B, C, D, E, G kabi turlari mavjud. Ular klinik kechishi va oqibatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Yurtimizda esa kasallikning A, B, C turlari koʻp uchraydi.
Butunjahon gepatit alyansining 2021-yilgi maʼlumotlariga koʻra, gepatit B va C virusi tufayli har yili dunyoda 1,4 million odam vafot etadi. Bu esa OIV/OITS va bezgak qurbonlaridan koʻp koʻrsatkichdir.
Yurtimizda ushbu xavfli kasallikni oʻz vaqtida profilaktika va diagnostika qilish, ularni davolash boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Konferensiya doirasida “Dunyoda va Oʻzbekistonda virusli gepatitlarning B va C turlarini bartaraf etish dasturlari, muvaffaqiyat va muammolar, turli mamlakatlar tajribasi” mavzusida yalpi majlis boʻlib oʻtdi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston virusli gepatit boʻyicha endemik mamlakatlar toifasiga kiritilgan. 2018-yildan boshlab mamlakatimizda gepatit B va C skriningini tashkil etish va virusga qarshi terapiyadan foydalanish imkoniyatini taʼminlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazib kelinmoqda.
2022-yil 16-mayda qabul qilingan “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori asosida 2030-yilgacha mamlakatimizda gepatitning C turini bartaraf etish va B turini kamaytirish maqsad qilingan.
Tadbirda B, D, S virusli gepatitlar va ning soʻnggi bosqichi bilan ogʻrigan bemorlarni kuzatish va davolash, gepatologiya sohasidagi yetakchi mahalliy hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida murakkab klinik holatlarni tahlil qilish masalalari muhokama qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring