Oʻzbekistonda valyuta ayriboshlash, propiska, pensiya va nafaqalarni naqd pulda olishga oid murojaatlar butunlay toʻxtagan — videoselektor

18:21 23 Iyul 2021 Siyosat
710 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Davlatimiz rahbari Xalq qabulxonalari va sayyor qabullar odamlarda muammolarini hal qilish mumkinligiga katta ishonch uygʻotganini taʼkidladi.

Masalan, 4 yil oldin valyuta ayriboshlash, propiska, pensiya va nafaqalarni naqd pulda olish masalalari boʻyicha har oyda oʻrtacha 100 mingta murojaat tushgan. Bu sohalarda qulaylik yaratilib, muammolar hal etilgani tufayli ularga oid murojaatlar butunlay toʻxtagan.

Yoki Oʻzbekiston fuqaroligini olish tartiblarining yengillashtirilgani sharofatidan 100 mingga yaqin oila roʻshnolik koʻrgan», deyiladi xabarda.

Yigʻilishda aholi murojaatlari bilan ishlash holati vazirlik va hududlar kesimida koʻrib chiqilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?