Oʻzbekistonda vaksinatsiya tadbirlari uchun 3 mingdan ziyod emlash punktlari tashkil etiladi

21–27-fevral kunlari aholini emlash jarayoniga jalb etiladigan tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi emlash boʻyicha qayta va toʻliq tayyorgarlikdan oʻtkaziladi. Bu haqda innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ayni paytda emlanishi zarur boʻlgan shaxslarning elektron roʻyxatini shakllantirish, 3 ming 138 ta emlash punkti, 862 ta harakatdagi va mobil brigada faoliyatini yoʻlga qoʻyish ishlari olib borilyapti. Bitta markaziy, oʻn toʻrtta hududiy hamda 206 ta tuman (shahar) vaksina saqlash joyi mavjud boʻlib, ulardagi 457 ta sovitkich, 148 ta elektr generatori, 121 ta termosumka va termokonteynerlar shay holatga keltirildi.
“Bundan tashqari, aholini koronavirusga qarshi emlashga talab yuqori boʻlgan taqdirda, hududlardagi sport inshootlari yoki boshqa binolar, hozir konservatsiya qilingan taqsimlash va saralash markazlarida vaksinatsiya tadbirlarini ommaviy tashkil etish rejalashtirilgan. «Sovuqlik zanjiri” tizimini saqlagan holda vaksinalarni hududlar orqali tashish uchun mamlakatimizga oʻn yettita avtorefrijerator va ikki yuz oltita mini-avtorefrijerator keltirildi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa hududiy byurosi hamkorligida shu yilning 21–27-fevral kunlari aholini emlash jarayoniga jalb etiladigan tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi emlash boʻyicha qayta va toʻliq tayyorgarlikdan oʻtkaziladi», deya maʼlum qilgan Shahlo Turdiqulova.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqand viloyat sobiq DSB boshligʻi qariyb 20 yildan soʻng oqlandi
- “Bu yerda 3ta opa turibdi. Nima qilay? Yoʻqot!” Prokuratura xodimining suhbati ekanligi aytilgan audioyozuv boʻyicha bayonot berildi
- Jizzaxda maktab oʻquvchisini zoʻrlagan oʻgʻri qoʻlga olindi
- Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi
- “Temir daftar”dan chiqarishning antiqa usuli
- Internet orqali behayo qiliqlar qilib, qizlarning shaʼnini bulgʻagan navoiylik yigitlar qoʻlga olindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring