Oʻzbekistonda “tonirovka”ga oid yangi qaror qabul qilinishi kutilmoqda

11:33 08 Fevral 2021 Jamiyat
1840 0

2021-yil 1-apreldan boshlab avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham amalga oshirilishiga imkoniyat yaratiladi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq avtotransport vositalarining oynalarining tusini oʻzgartirganlik uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatini olish uchun YAIDXP orqali murojaat etganda, davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanadigan summadan 90 foiz miqdorida toʻlanadi.

Qaror loyihasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar:

  • avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish jarayonining avtomatlashtirilishini;
  • avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati YAIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborot tizimlarining oʻzaro integratsiya qilinishini;
  • YAIDXPda foydalanuvchining shaxsiy kabinetida shu foydalanuvchiga tegishli boʻlgan avtotransport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomat tarzda joylashtirilishi va real vaqt rejimida yangilanib borilishini;
  • davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun toʻlangan toʻlovlar Davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi (keyingi oʻrinlarda Yagona billing tizimi deb ataladi) orqali elektron tarzda amalga oshirilishini taʼminlash topshirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga:

  • davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmati koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan YAIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatish;
  • ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolar qoʻllash yuklanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?