Oʻzbekistonda toʻliq emlangan fuqarolar soni 1,5 milliondan ziyodni tashkil qilmoqda

13:10 26 Avgust 2021 Jamiyat
403 0

25-avgustda mamlakatimiz hududlari boʻylab 206 696 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 76 549 nafarni,

2-bosqich emlanganlar 93 171 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 36 976 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami

13 166 524 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 9 093 178 nafarni,

2-bosqichda emlanganlar 2 995 317 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 1 078 029 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 1 556 007 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

Samarqand viloyati ( 24 478 doza),

Andijon viloyati (24 207 doza),

Fargʻona viloyati (20 987 doza) band qildi.

Jami emlashlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar:

Fargʻona viloyatida 1 556 376 doza,

Namangan viloyatida 1 550 067 doza,

Andijon viloyatida 1 401 962 doza,

Samarqand viloyatida 1 260 635 doza,

Qashqadaryo viloyatida 1 068 759 doza,

Surxondaryo viloyatida 1 024 321 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?