Oʻzbekistonda soʻnggi kunlarda koronavirus bilan kasallanganlar sonining ortish sababi maʼlum qilindi

Foto: Халқ сўзи
Oʻzbekistonda gripp va oʻtkir respirator infeksiyalar koronavirus bilan miks-infeksiya kasalligi sifatida, aynan emlanmagan va surunkali kasalliklari bor fuqarolarda aniqlanmoqda. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.
Soʻnggi 7 kunlikda statsionarga yotqizilgan bemorlar soni — 482 nafarni, davolanib chiqqanlar soni — 358 nafarni, karantinga olinganlar — 2 310 nafarni va karantindan chiqarilganlar — 1 306 nafarni tashkil etdi.
Hozirda COVID-19 ni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarda — 539 nafar bemorlar qolmoqda, uy sharoitida davolanayotganlar esa — 187 nafarni tashkil etmoqda.
Soʻnggi 14 kunlikda roʻyxatga olingan kasalliklarning yoshma-yosh tahlili:
0-14 yoshgacha boʻlganlar — 12,5 %ni,
15-19 yoshdagilar — 2,1 %ni,
20-29 yoshdagilar — 37,5%ni,
30-39 yoshdagilar — 15,6 %ni,
40-49 yoshdagilar — 11,5 %ni,
50-59 yoshdagilar — 9,3 %ni,
60 yosh va kattalar— 11,5 %ni tashkil etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring