Oʻzbekistonda soʻnggi 5 yilda asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi qancha?

12:38 12 Avgust 2022 Jamiyat
603 0

Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 121,8 trln. soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,4 % ga oshgan.

Oʻzbekistonda soʻnggi 5 yilda asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi:

— 2017-yilda – 71,2 trln. soʻm;

— 2018-yilda – 124,2 trln. soʻm;

— 2019-yilda – 195,9 trln. soʻm;

— 2020-yilda – 210,2 trln. soʻm;

— 2021-yilda – 239,5 trln. soʻm.

Eslatib oʻtamiz, 6 oyda Oʻzbekistonda asosiy kapitalga 48 trln. soʻmlik xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?