Oʻzbekistonda soʻnggi 10 oyda salkam 72 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi

22:14 16 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
218 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekistonda jami 71 trln. 858,0 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. 2019-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 109,1 % ni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 2 trln. 977,1. mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,1 % ga teng.

Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 68 trln. 880,9 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,9 % ga teng.

Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 19 trln. 738,9 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 39 trln. 726,1 mlrd. soʻmni tashkil qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?