Oʻzbekistonda shaxmat tarixi haqida hujjatli film tasvirga olinadi
Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi “Milliy PR-markaz” DUK Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi.
2021-yil 14-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yana-da rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi.
Qarorga muvofiq, Milliy PR-markazi va Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi oʻrtasidagi kelishuv doirasida shaxmat boʻyicha xalqaro miqyosda Oʻzbekistonning sayyohlik va sport salohiyatini rivojlantirish uchun ikki tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha ish rejasi hamda shaxmat boʻyicha 30-35 daqiqali hujjatli videofilmni yaratish, uni mamlakatimizda va xorijda ommalashtirish, shaxmat sportini yana-da rivojlantirish boʻyicha vazifalar rejasi tasdiqlandi.
Filmda Oʻzbekistonda shaxmatning ajoyib tarixi, uning jahon shaxmat sporti rivojiga taʼsiri, buyuk oʻzbek grossmeysterlarining jahon shaxmat maydonidagi oʻrni haqida hikoya qilinadi.
Taʼkidlash kerak, shaxmat sportining tarixi bir yarim ming yilni tashkil etadi va bugungi kunga qadar koʻplab oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritildi.
Oʻzbekistonda 1972-yilda Dalvarzintepada (Surxondaryo) oʻtkazilgan arxeologik qazishmalarda Kushon hoqonligi davriga (I-II asrlar) oid shaxmat donalari topilgan, 1977-yilda esa Afrosiyob (Samarqand) xarobalarida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida VII-VIII asrlarga mansub 7 ta shaxmat donalari topilgan. Shundan kelib chiqadigan boʻlsak, mamlakatimizda shaxmat sporti tarixi juda chuqur ildizlarga ega. Mamlakatimiz oʻzining eng qadimgi shaxmat maktabi bilan faxrlanishga haqli.
1984-yilda Georgiy Agzamov Oʻzbekistonning birinchi xalqaro grossmeysteri boʻldi. 1992-yili Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi jahon shaxmat olimpiadasida 2-oʻrinni, 1999-yili esa Osiyo chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
1998-yilda Ibrohim Hamroqulov oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Rustam Qosimjonov 1998-yilda Osiyo chempioni, 2004-yilda esa 17-jahon chempioniga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring