Oʻzbekistonda Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi

Yaqin kelajakda Oʻzbekistonda Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi oʻrinbosari Rashid Nurgaliyev “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida aytib oʻtgan. Shu tariqa Oʻzbekiston MDHdagi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyilgan uchinchi davlatga aylanadi.
Bungacha Belorus va Qozogʻistonda Rossiya texnologiyalari asosida “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish tashkil etilgan edi.
Avvalroq tomonlar Toshkentdagi “Jurabek Laboratories” korxonasida mazkur vaksinani ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Bu haqda iyun oyi oxirida Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov oʻrtasidagi uchrashuvda aytib oʻtilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Germaniyaning yirik neft va gaz kompaniyasi Rossiyani butunlay tark etishga qaror qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring