Oʻzbekistonda quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha tender gʻoliblari maʼlum boʻldi

15:56 16 Dekabr 2022 Jamiyat
333 0

BAA, Fransiya va Xitoy kompaniyalari Oʻzbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish boʻyicha tenderda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Moliya vazirligi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, 15-dekabr kuni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt boʻlgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish boʻyicha oʻtkazilgan tender tanlovlarida gʻolib investorlar aniqlangan.

Tenderlar natijalariga koʻra:

Masdar kompaniyasi Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyiha boʻyicha gʻolib boʻlgan;

Voltalia SA kompaniyasi Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega loyiha boʻyicha gʻolib deb topilgan;

GD Power-Powerchina konsorsiumi Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha boʻyicha gʻolib deb topilgan.

Gʻolib boʻlgan investorlar quyosh fotoelektr stansiyalarini loyihalash, moliyalashtirish, qurish, foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?