Oʻzbekistonda qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibi takomillashtiriladi

18:42 23 Dekabr 2021 Jamiyat
1096 0

Oʻzbekistonda qiynoqlar qurbonlariga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, loyihada Oʻzbekiston Fuqarolik kodeksining 991-moddasiga muvofiq qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo turlari, shuningdek jazo turlarini qoʻllash natijasida yetkazilgan zarar, tergov, surishtiruv, dastlabki tergov, jinoiy taʼqibni amalga oshiruvchi organlar tomonidan etkazilgan zarar uchun javobgarlik joriy etilgan.

Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 1021-moddasi ikkinchi qismiga, yaʼni ayblanuvchining aybidan qatʼi nazar, maʼnaviy zarar qoplanishi shart boʻlgan holatlarni, shuningdek, boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi munosabatlarni, shuningdek, jazo turlarini qoʻllash bilan sodir etilgan jinoyatning oqibatlarini kiritish taklif etilmoqda.

Bu oʻzgarishlar Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilish, inson qadr-qimmatini oshirish yoʻlidagi qadam boʻladi. Muammo ana shunday qonunlarni amalda qoʻllashda, – deya xulosa qildi Rasul Kusherbayev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?