Oʻzbekistonda qandli diabet bilan kasallangan bemorlar soni ortishi kutilmoqda

Illyustrativ foto
Yaqinda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirokida jurnalistlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Maʼlum qilinishicha, sohadagi mavjud muammolarni hal qilish va endokrin kasalliklarning oldini olish, erta tashxislash va davolash maqsadida Milliy dastur, chora-tadbirlar kompleksi, “Yoʻl xaritasi” belgilab olingan.
Soʻnggi ikki yil ichida hududlarda endokrinologiya sohasini komleks rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mutahkamlash borasida olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida viloyatlardan poytaxtimizga kelib murojaat qiluvchilar qariyb 3 barobarga qisqargani taʼkidlandi. Ayni paytda yurtimiz boʻylab 650 nafardan ziyod endokrinolog shifokor faoliyat yuritmoqda.
Tadbir davomida Sogʻliqni saqlash vazirligining 2018-yil 25-oktyabrdagi buyrugʻiga asosan, pilot viloyatlarda 45 yoshdan oshgan aholi orasida qandli diabet skriningi oʻtkazilayotgani haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, qandli diabetning surunkali asoratlarini kamaytirish, ularni yuzaga kelishini kechiktirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan onlayn registr ishlab chiqilmoqda.
“2015-yilda qandli diabet bilan kasallangan 170 ming 536 ta bemor roʻyxatga olingan edi, — dedi Sogʻliqni saqlash vaziri birinchi oʻrinbosari Bahodir Yusufaliyev. — Bugungi kunga kelib esa, 230 ming 610 ta bemor roʻyxatga va nazoratga olingan. Koʻrib turibmizki, qandli diabetga chalinganlar oxirgi 3 yilda deyarli 60 mingtaga koʻpaygan. Bundan keyin skrining tekshiruvlari va kasallikni aniqlash ishlari koʻpayib boradi. Oʻzbekistonda qandli diabet bilan kasallangan bemorlar soni ortishi kutilmoqda”.
Qayd etilishicha, olib borilgan tadqiqotlar va Namanganda oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida mamlakatimizda qandli diabet bilan kasallangan bemorlar soni (230 ming) kelgusida 4-5-martaga oshishi mumkin.
“Hozirda shu 230 ming nafar bemrodan 66 765 tasiga davlat tomonidan insulin beriladi, — dedi Bahodir Yusufaliyev. — Bemorlarimizning insulin bilan taʼminoti — muhim masala”.
Muloqot mobaynida akademik Yo.X.Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi olimlari va yetakchi mutaxassilari tomonidan inson salomatligi va jamiyat rivojiga salbiy taʼsir etuvchi bunday kasalliklarning oldini olish va bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani xususida toʻxtalib oʻtildi.
22-24-avgust kunlari Toshkentda yoshlar sayli boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yillik tantanalariga sanoqli kunlar qoldi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi tomonidan “Milliy qadriyatlar – poytaxt yoshlari nigohida” nomli yoshlar sayli boʻlib oʻtadi.
Mazkur tadbir 22-24-avgust kunlari Toshkentdagi eng gavjum hududlardan biri boʻlgan Sayilgoh koʻchasida oʻtkaziladi.
Yoshlar saylida yurtimiz va shahrimiz tarixiga oid koʻrgazmali vositalar, milliy liboslar va hunarmandchilik buyumlari namoyishi hamda boshqa tadbirlar tashshkil etilmoqda.
Shuningdek, 22-avgust kuni Sayilgoh koʻchasida “Ijod zavqi” nomli karnay-surnay festivali ham boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring