Oʻzbekistonda qancha giyohvand roʻyxatga olingani ochiqlandi

11:09 14 Oktyabr 2021 Jamiyat
346 0

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, yer yuzidagi barcha oʻlimlarning 23% dan koʻprogʻi giyohvand moddalarni isteʼmol qilish bilan bogʻliq.

Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh narkologi Zarif Ashurov Oʻzbekistonda giyohvandlar soni haqida maʼlumot berdi.

Dunyo boʻylab 31 milliondan ortiq odam giyohvand moddalarni isteʼmol qilish natijasida jiddiy kasalliklardan aziyat chekmoqda. Shuningdek, yer yuzidagi barcha oʻlimlarning 23% dan ortigʻi giyohvand moddalarni isteʼmol qilish bilan bogʻliq», – dedi Zarif Ashurov.

Unga koʻra, Oʻzbekistonda 5 mingga yaqin odam giyohvand sifatida roʻyxatga olingan. Ularning 31 foizi 20 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan odamlar. Immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanish holati bemorlarning 1,8 foizida aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?