Oʻzbekistonda qancha doza vaksinadan foydalanildi?

10:30 30 Noyabr 2021 Jamiyat
463 0

2021-yil 29-noyabrda mamlakatimiz hududlari boʻylab 265 441 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:

— 1-bosqich emlanganlar 109 197 nafarni,

— 2-bosqich emlanganlar 107 095 nafarni,

— 3-bosqich emlanganlar 49 149 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 33 672 515 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

— 1-bosqich emlanganlar 17 487 499 nafarni,

— 2-bosqichda emlanganlar 10 688 905 nafarni,

— 3-bosqich emlanganlar 5 496 111 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

— Samarqand viloyati (48 880 doza),

— Fargʻona viloyati (34 438 doza),

— Toshkent shahri (27 238 doza) band qildi.

Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 81,5 foizni tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?