Oʻzbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni koʻp?

17:17 16 Avgust 2021 Iqtisodiyot
331 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil 1-avgust holatiga respublikamizda roʻyxatdan oʻtgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,5 mingtani tashkil etib, ulardan 12,9 mingtasi faoliyat yuritmoqda. Faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 772 taga oshgan.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

  • Rossiya – 2 291 ta
  • Xitoy – 1 915 ta
  • Turkiya – 1 776 ta
  • Qozogʻiston – 1 023 ta
  • Koreya – 923 ta

Xorijiy kapital ishtirokida 2021-yilning yanvar-iyul oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

  • Turkiya – 252 ta
  • Rossiya – 228 ta
  • Xitoy – 161 ta
  • Qozogʻiston – 121 ta
  • Koreya – 64 ta

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?