Oʻzbekistonda poyezdlar harakatini onlayn kuzatib borish mumkin boʻladi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021-yil uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish boʻyicha doimiy asosda ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Prezident qaroriga muvofiq, “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida 2020-2024-yillarda AJlarni raqamli oʻzgartirishga qaratilgan 14 ta loyiha belgilandi.
Maʼlumotlarga koʻra, 14 ta loyihadan 8 tasi toʻliq amalga oshirilgan. Shuningdek, raqamlashtirish sohasidagi asosiy istiqbolli vazifalar belgilab olindi:
temir yoʻl poyezdlari lokomotivlari harakatini nazorat qilish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar haqida mashinistni 2022-yilning may oyiga qadar oʻz vaqtida xabardor qilish uchun sunʼiy intellekt tizimini eksperimental joriy etish;
2022-yil dekabrigacha poyezdlar harakatini monitoring qilishning onlayn tizimini yaratish;
2022-yil dekabrigacha “yagona darcha” tamoyili boʻyicha yuklarni tashish boʻyicha xizmatlar axborot tizimining qoʻshimcha modullarini bosqichma-bosqich yaratish;
mavjud avtomatlashtirilgan elektron chiptalar tizimini yanada takomillashtirish;
maʼlumotlar markazini takomillashtirish yoki ijara asosida meynfreymlarni sotib olish masalasini hal qilish;
optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihalarini davom ettirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Kompaniya mutaxassislarining malakasini oshirish;
Bundan tashqari, 2022-yil oxirigacha uchta yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan:
sunʼiy intellektdan foydalangan holda barcha stansiyalarda ortiqcha yuk vagonlarini aniqlash axborot tizimini joriy etish;
fuqarolarga “Temir yoʻl navigatsiyasi” yoʻlovchi poyezdlari harakatini “Avianavigatsiya” tizimiga oʻxshash holda on-layn rejimda kuzatish imkonini beruvchi axborot tizimini yaratish;
elektron chiptalarni sotish axborot tizimining shahar atrofi poyezdlariga chiptalarni onlayn sotish modulini yaratish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring