Oʻzbekistonda “По секрету всему свету” dasturining navbatdagi soni tasvirga olinmoqda

16:11 17 Mart 2023 Dunyo
338 0

Rossiyaning “Путевые советы” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi koʻmagida yurtimizda “Po sekretu vsemu svetu” dasturining navbatdagi soni tasvirga olinmoqda. Maqsad yurtimiz madaniyati va turizm salohiyatini xorijda keng targʻib qilishdir.

Maʻlumot uchun: “Путевые советы” MChJ kompaniyasi “По секрету всему свету!” (Butun dunyo sirlari boʻylab) dasturini tasvirga oluvchi tashkilot boʻlib, 2018-yil 21-apreldan boshlab faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda 15-20 mln. obunachilariga ega. Ushbu dastur har shanba kuni soat 08:35da Rossiya televideniyasining “Rossiya-1” telekanalida efirga uzatiladi.

Ijodiy guruh 16-martda Samarqandda tasvirga olish ishlarini boshlagan. Ular nafaqat Samarqandning tarixiy, diqqatga sazovor joylari, balki oʻzbek toʻylaridagi urf-odatlar va anʻanalar, sharq bozoriga ham eʻtibor qaratishgan. Bundan maqsad rossiyalik tomoshabinlarga oʻzbek milliyligini va ommaviy madaniyatini yetkazishdir.

Taʻkidlash kerakki, koʻrsatuv boshlovchisi Vitaliy Kudryavtsev Samarqand shahri va uning aholisi ijobiy fikrlar bildirdi.

Shuningdek, dasturda “Temuriylar davri” sahna koʻrinishi ham namoyish etiladi.

Bugun, 17-mart kuni “По секрету всему свету” dasturi ijodkorlari Buxoroga yoʻl olishadi. Ular qadim va navqiron shaharning tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari va boshqa maskanlarni, shu bilan birga, mahalliy aholining oʻziga xos hayot tarzini kadrlarga muhrlashni rejalashtirishgan.

Maʻlumot uchun, “По секрету всему свету” dasturi sayohat yoʻnalishlari, madaniyat va sevimli joylar haqidagi qiziqarli maʻlumotlarni sayyohlarga taqdim etishga moʻljallangan. Dastur boshlovchilari mashhur rus teatri, kino va sahna sanʻatkorlaridan iborat. Dasturning har bir qismi bir viloyatga bagʻishlangan boʻlib, 19-21 daqiqalik 2 ta dasturdan iborat boʻladi.

Xorijlik ijodkorlarning Oʻzbekistondagi tashrifi 20-mart kunigacha davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?