Oʻzbekistonda Paralimpiya harakatini rivojlantirishda Yaponiya tajribasidan foydalaniladi

22:50 29 Iyul 2021 Sport
742 0

Yaponiyaga tashrif doirasida Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari Tashkiliy qoʻmitasi vitse-prezidenti, Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi deputati Totsiaki Endo bilan uchrashdi.

Yaponiyaga tashrif doirasida Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari Tashkiliy qoʻmitasi vitse-prezidenti, Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi deputati Totsiaki Endo bilan uchrashdi.

Tomonlar Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar hamda Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni kompleks rivojlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qilishdi.

Totsiaki Endo Oʻzbekiston tomonini Tokio-2020 olimpiadasida taekvondo boʻyicha qoʻlga kiritilgan birinchi oltin medal bilan samimiy tabrikladi. U oʻzbekistonlik sportchilarning barcha sport turlari, ayniqsa boks va dzyudo boʻyicha jismoniy tayyorgarligini yuqori baholab, delegatsiyamizning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtiroki uchun ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekiston tomoni bilan sport va sport taʼlimini hamda sogʻlom turmush tarzi targʻibotini rivojlantirish, shuningdek Oʻzbekistonda zarur sport infratuzilmasini yaratish boʻyicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Aziz Abduhakimovning soʻzlariga koʻra, uchrashuv doirasida tomonlar Oʻzbekistonga Paralimpiya harakatini rivojlantirish maqsadida yaponiyalik mutaxassislarni jalb qilish hamda Yaponiya tajribasidan kelib chiqib, yurtimizda sport inshootlarini barpo etishda hamkorlik qilishga oid kelishuvga erishildi.

Yakunda, Yaponiya tomoni hamkorlik koʻlamini kengaytirishda Oʻzbekistonni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun barcha saʼy-harakatlarni ishga solishga tayyor ekanini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?