Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik pensiya miqdori aniqlandi

07:36 20 Oktyabr 2021 Jamiyat
882 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-2021-yillardagi Farmonlariga muvofiq pensiyalar miqdori 67 barobar oshirildi.

2016-yil 1-yanvar holatiga oʻrtacha oylik pensiya 421 629 soʻmni, 2021-yil sentabr oyida 924 780 soʻmni tashkil etdi.

Shunday qilib, 2021-yil sentyabr oyida oʻrtacha oylik pensiya mintaqalar boʻyicha:

Toshkent shahrida - 1 250 992 soʻm;

Navoiy viloyatida - 1 176 323 soʻm;

Toshkent viloyatida - 1 012 617 soʻm;

Buxoro viloyatida - 941 411 soʻm;

Sirdaryo viloyatida - 936 392 soʻm;

Qoraqalpogʻistonda - 918 930 soʻm;

Samarqand viloyatida - 902 172 soʻm;

Qashqadaryo viloyatida - 876 728 soʻm;

Xorazm viloyatida - 870 800 soʻm;

Surxondaryo viloyatida - 850 685 soʻm;

Jizzax viloyatida - 848 930 soʻm;

Fargʻona viloyatida - 836 856 soʻm;

Namangan viloyati - 802 125 soʻm;

Andijon viloyati - 801 640 soʻm.

Shuningdek, 2021-yil 1-oktabr holatiga koʻra, mamlakatdagi pensionerlarning umumiy soni 3 548 093 kishini tashkil qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?