Oʻzbekistonda oʻrdakchilik klasteri tashkil etiladi

23:54 07 Aprel 2021 Jamiyat
437 0

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Xitoy Xalq Respublikasining “Tianjin Kaiteng Investment group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Viloyat hokimi hamda kompaniya vakili, professor Van Venji oʻrtasida oʻtgan muzokaralarda Nurafshon shahrida restoran, ofis binolarini qurish hamda oʻrdakchilik klasterini tashkil etish masalasi muhokama qilindi

Uchrashuv davomida tomonlar qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida, mahalliy mahsulotlardan ozuqa yetishtirishni rivojlantirish borasidagi takliflarni bildirdi.

Qurilish ishlari uchun 2 gektar yer maydoni ajratilishi koʻzda tutilgan boʻlib, loyihani 2021-2022-yillarda toʻliq amalga oshirish rejalashtirilgan.

Uning umumiy qiymati 6 million AQSH dollarni tashkil etadi. Loyiha toʻliq ishga tushgach 100 dan ortiq ish oʻrinlari yaratiladi. Oʻrdakchilik klasterida 50 mingta Pekin oʻrdaklari yetishtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?